Get Mystery Box with random crypto!

Karyerada va umuman olganda hayotda o’sish uchun eng muhim jih | Sariq Dev

Karyerada va umuman olganda hayotda o’sish uchun eng muhim jihatlardan biri bu “Being Likable”. Yani yoqimli inson bo’lish. Yani siz bilan gaplashish, siz bilan ishlash, siz bilan muhokamalar qilish oson va yoqimli.

Shu paytgacha intervyularda biz hohlagan narsalarni hammasini bilmasa ham yoqimli inson bo’lsa, o’sha insonni o’tkazib yuborganmiz. Va teskarisi, hamma narsani bilsada, yoqimsiz inson bo’lsa, o’ylab o’tirmasdan yiqitganman.

Esimda bor Super Dispatchga bitta bola kelgandi. Savollarimizga juda zo’r javob bergan. Lekin juda ham yoqimsiz gaplar gapirgan. “Men sizlar ishlatadigan texnologiyalarni 5 yil oldin ham zo’r bilar edim. Yorvoraman. Nechi pul oylik berasizlar?” ga o’xshagan gaplarni qilgan. Bizga to’g’ri kelmaysiz deb jo’natvorgan edik.

Yoqimli bo’ling