Get Mystery Box with random crypto!

Pastkash marketing. O’tgan hafta o’zini 6-7 yillik dasturchi | Sariq Dev

Pastkash marketing.

O’tgan hafta o’zini 6-7 yillik dasturchi deb tanishtirgan yigit bizning kurslarimiz rejasi sifatsiz ekani va bizdan ko’plab yoshlar norozi ekani haqida shaxsiydan yozdi. Juda hayron qoldim. Odatda biz kurs rejasi ustida 1-2 oy ishlaymiz. Reja tuzish uchun soha ekspertlarini jalb qilamiz. Har bir dars tajribali mutaxassislar tomonidan yoziladi.

Xullas, yozgan odamning gapiga ahamiyat bermadim. Norozilar o’rtakashsiz, to’g’ridan-to’g’ri o’zmiga yozishini aytdim. Keyin bilsam bu yigit bunday xabarlarni mendan boshqa o’quv markazlarga ham yuborgan ekan. “Xo’p akajon, nima desangiz shu” deb gapiga kirmaganlarni esa shantaj qilib boshladi. Birpasda IT firibgarlar deb video ham chiqaribdi.

Meni ham “Tayyor turing, keyingi video siz haqingizda bo’ladi” deb ogohlantirib qo’ydi. Kim ekan bu yigit deb sahifasiga kirsam, 2019-yilda bitta online bootcamp o’qib, o’zidan ekspert yasab olgan, dasturchi bo’lib tayinli hech qayerda ishlamagan yosh bola bo’lib chiqdi. O’zining o’quv markazi ham bor ekan. Hammasi tushunarli, Dekabr, savdo sust. Markazga odam jalb qilish kerak. Pastkash marketing yo’lini tanlabdi. Reklamalarida “O’qiyotgan joyingizdan norozi bo’lsangiz bizga keling” mazmunida matnlar bilan norozilarni yig’ib olib, boshqalarning “aybini” fosh qilish yo’lini tanlabdi.

Mohirdevda 50ming talaba o’qiydi, albatta orasida norozilar topiladi. Mohirdev kamchilikdan xoli emas, lekin biz bu kamchiliklar ustida ishlaymiz. O’quvchilarning fikrini doimiy ravishda o’rganib, platformani rivojlantirib boramiz.

Bizning o’zimizning ekspertlarimiz bor:

- Frontend kurslarini Ulug’bek Samigjonov (EPAM, Veed.io) va Muhammadjavoxir Suratov (Najoit Ta’lim) tuzgan
- Python kursini Jahongir Rahmon (Anaconda, Amazon) va Muhammad Ermatov (Atomlab, Jafton) tuzgan
- .NET kursini Microsoft tomonidan 2022-yilning eng qimmatli dasturchisi deb tan olingan Elbek Normurodov tuzgan
- Android kursini dunyoning 3% dasturchilari safidan joy olgan Zohidjon Akbarov tuzgan (shu hafta chiqadi).
va hokazo.

Endi shunday mutaxassislar turganida, qayoqdagi nomsiz mishiqining gapiga kirmaganimizga bizni kibr va manmanlikda ayblab, ortimizdan ahlat titib, kompromat izlab yurganmish. Yaqinda biz haqimizda videosi ham chiqar ekan.

Alhamdulillah, biz o’zimizga ishonamiz. Darslar sifatiga javob beramiz. Albatta kamchiliklarimiz bor, ayqniqsa platforma yangi ishga tushganida ba’zi xatolarga yo’l qo’yildi. Lekin bu kamchiliklarning ko’pi bartaraf etildi va etilayapti. Talabalarga yanada sifatli kontent berish uchun tunu-kun ishlayapmiz. Darslar ham rejalar ham zamonga mos yangilanayapti.

Talabalarga murojatimiz, agar darslar sifatidan qoniqmasangiz har bir kurs sahifasida kursga baho berish uchun maxsus forma bor, shu forma orqali batafsil ariza yozishingiz mumkin, biz har bir murojaatni o’rganamiz (bechora Muhammadjavoxir uxlamay chiqadi ba’zida). Yoki istalgan payt @mohirdev_jbot orqali muloqotga ochiqmiz (ahmoqona savollardan tashqari ).

Pastkash marketologga esa javobim bitta, videoni chiqaravering. Qo’rqadigan joyimiz yo’q. Yuristlarimiz ham ancha zerikib qolishdi, bir ishlashsin. Videodagi har bir tuhmat va ig’voga javob talab qilib olamiz. Yaxshi gapni tushunmaydigan ahmoqlar bilan endi qonuniy kurashamiz.

Hurmat bilan Anvar Narzullaev,
Mohirdev.uz asoschisi