Get Mystery Box with random crypto!

Junior bo’lib ishga kirish uchun portfolio va CV ning o’zi yet | Sariq Dev

Junior bo’lib ishga kirish uchun portfolio va CV ning o’zi yetarli emas. Boshqalardan ajralib ham turish kerak.

Menga ham ko’pchilik ish so’rab yozadi, portfoliosiga qarasam 99% odam shablon loyihalar qilgan bo’ladi. O’zidan birorta yangilik qo’shmaydi. Ba’zilar xatto “Lorem ipsum…” shablon matnni ham o’zgartirmaydi.

Bitta narsani tushuning, har kuni minglab o’quv markazlarini minglab talabalar yakunlayapti. Hammasi ish izlayapti. Agar shu bir xil kulrang massa orasida ajralib turmasangiz, ish topishingiz juda-juda qiyin.

Bu postni yozishimga yangi, Ulug'bek ismli stajyorimiz sabab bo’ldi. 3 kun oldin ish so’rab yozgan ekan. Dasturlashni avval o’quv markazida keyin mohirdevda o’qigan.

E’tiborimizni tortgani mohirdev.uz saytining klonini yaratibdi: https://mohirdev-clone.netlify.app/ (va yozgan xatida aynan shunga urg’u berib, linkini ham alohida yuborgan).

Protfoliosini ochib qaradik, barcha loyihalariga mehr bilan yondoshgan. Quruq shablon emas, saytlarni ma’lumot bilan to’ldirgan.

Aslida hozirda ishchi olmayotgan bo’lsak ham, suhbatga chaqirdik va boshlanishiga stajyorlik taklif qildik.

Ozgina tajriba orttirsa ishga olib qolamiz. Sababi, ramkadan tashqari firklaydigan, o’z hunarini ko’rsata oladigan hodimlar doimo kerak.

Sizlarga ham maslahatim, ish qidirganda avvalo ajralib turing. Ikkinchidan esa, ishga topshirayotgan kompaniyani o’rganing. Yuqorida aytganimdek, bizni e’tiborimizni tortgani aynan mohirdev kloni bo’ldi. Bu yaxshi taktika. Agar boshqa saytni yuborganda balki rad javob berar edik.