Get Mystery Box with random crypto!

Oʻzbekistonda qadriga yetishmaydigan, deyarli ishlatilmaydigan | Sariq Dev

Oʻzbekistonda qadriga yetishmaydigan, deyarli ishlatilmaydigan texnologiyalardan biri - email.

Aksar odam email nega kerakligini ham bilmaydi. Smartfon olganda bitta Google yoki iCloud manzil ochadi va qaytib ishlatmaydi.

Chet elda aksincha, rasmiy muloqot faqat email orqali. Telegram yoki Whatsappda biror narsaga kelishilsa ham, ortidan darrov email yuboriladi.

Mohirdev platformasining birinchi versiyasida roʻyxatdan oʻtish email orqali edi. Shunaqangi qiynalib ketdik. Hech kim emailini yodlab qolmagan, yoki mavjud boʻlmagan email yozib yuborgan. Login/parol esdan chiqadida, tiklolmay yuradi. Qoʻlda tiklab beramiz. Oxiri tinchgina emaildan voz kechib, telefon raqam orqali login qildik.

Sizchi, email ishlatasizmi?