Get Mystery Box with random crypto!

Meni atrofimdagilar, asosan IT sohasida gaplashgan do'st-yaqin | Sardor Dushamov | PHP forever

Meni atrofimdagilar, asosan IT sohasida gaplashgan do'st-yaqinlarim bilishadi, O'zbekistondagi IT kompaniyalarning eng katta 2 ta muammosi bor, doim aytib yuraman:

1. Kadrlarni to'g'ri tanlash. Kerak bo'lsa 1 ta xodim 2-3 ta ishni bajaradi. Masalan 1 ta xodim ham dasturchi, ham proyekt menejer, ham klient bilan gaplashadi, ham ora orada test qiladi. Yangi kadr kerak bo'lsa shu odamni o'zi qidirib topib gaplashib ishga oladi. Hamma o'zini ishini qilishi kerak, kompaniya xodimlar bilan ta'minlashi kerak. HR eng asosiy odam hisoblanadi. Umuman olganda orgstrukturaga e'tibor qilinmaydi.

2. Testlamasdan proyekt qilishadi. Zakaz olsa ham yaxshi testlamasdan topshirvoradi. Ana keyin bosh og'riq uyog'i.
Testni kerak bo'lsa direktor qiladi, kerak bo'lsa PM qiladi, qilmay ham qo'ya qoladi. Unga harajat qilgisi kelmaydi. Lekin test qilmasdan topshirilgan loyihani orqasida ancha harajat qilib qo'yadi baribir.
Lekin testtirovshik loyiha qilishda juda katta ro'l o'ynaydi.

Man doim aytib kelaman dasturchi bo'lishga qiynalyapsizmi tester bo'ling yoki IT olamiga kirmoqchimisiz tester bo'ling, bozor katta deb.

Najot ta'lim - baraka topsin, testirovshik bo'lish uchun kurslar tashkil qilyapti. 31-iyul kuni ochiq dars bo'layotgan ekan. Tafsiya qilaman.

Bu reklama emas, holis tafsiya.

PS: Bizni korxona tester topa olmaganidan, o'zimiz qiziqqan bollarni olib o'rgatganmiz. 1tasi bizda ishlab ancha yutuqlarga erishdi, hozirda chet kompanyalarida ishlaydi. Yana bittasi hozirda ishlamoqda. O'rgandi harakat qildi, mana endi talash bo'lyapti firmalar o'rtasida. Chunki OPT borda, yoradi)
Oyligi ham dasturchilarnikidan kam emas, chunki o'z ishini ustasi. Bizni yangi relizlarimiz chiqish chiqmasligi ularni qo'lida, chiqmaydi desa chiqmaydi)