Get Mystery Box with random crypto!

NFT, Web 3.0, Crypto haqida Iltimos, bu narsalar bilan yoshl | Sardor Dushamov | PHP forever

NFT, Web 3.0, Crypto haqida

Iltimos, bu narsalar bilan yoshlarning boshini og'ritmang. Mayli, nimaligini o'rgating, lekin pul va vaqt sarflashga chorlamang.

Yoshlarga maslahatim, uzoq muddat daromad keltiradigan, riski kam va muhimi barqaror kasbni o'rganing. Farqi yo'q, novvoychilikmi, savdomi, dasturlashmi, dizaynerlikmi, marketingmi - bular hammasi sinalgan kasblar. Ish topasiz, ro'zg'or tebratasiz.

NFT, crypto deb jar solayotganlar o'zi ham bilmaydi bu narsalar nimani hisobiga o'sib, nimani hisobiga tushayotganini. Mashhur yulduzlarning tavsiyasiga ham uchmang, ular pulga istalgan narsani reklama qilib beradi. Mana, Amerikada yil boshida cryptoni reklama qilgan bir nechta yulduzlar hozir muhlislaridan qochib yuribdi. Sababi va'da qilgan daromadlari puch bo'lib chiqdi. Crypto bozori esa quladi.

Ertaga boy bo'lib, ortiqcha jamg'armangiz bo'lganida, balki qandaydur tushunarsiz narsalarga pul tikib qo'yarsiz, lekin hozircha maslahatim tayinli ish bilan shug'ullaning.

@sariqdev