Get Mystery Box with random crypto!

Mu’oz roziyallohu anhudan, u otasidan rivoyat qiladi: «Rasulul | ️️Сардор домла | Расмий сахифа️

Mu’oz roziyallohu anhudan, u otasidan rivoyat qiladi: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Kim g‘azabini unga amal qilishga qodir bo‘lib turib ichiga yutsa, Alloh uni qiyomat kuni xaloyiqning oldida chaqirib, huri iynlardan istaganini tanlash ixtiyorini beradi», dedilar».
 Abu Dovud va Termiziy rivoyat qilishgan.

G‘azabning zararlari:
1. G‘azab Rohman va Rohiym – Alloh taoloning g‘azabini keltiradi.
2. G‘azab shaytonur-rojiymni rozi qiladi.
3. G‘azab odamlar orasini buzadi.
4. G‘azabdan hasad va fisqu fasod chiqadi.
5. G‘azab aql va dindagi nuqsonning alomatidir.
6. G‘azab ortidan uzr aytish va nadomat keladi.
7. G‘azab ko‘zni ko‘r, quloqni kar qiladi.
8. G‘azab o‘z egasiga odamlar nafratini keltirib chiqaradi. ("Ruhiy tarbiya" kitobidan). 

Abu Dardo roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi : Men : “Ey Allohning rasuli meni jannatga kirgizuvchi amalga dalolat qiling” dedim. U zot sollallohu alayhi vasallam : “G‘azab qilma va senga jannat bo‘ladi” dedilar. 
Tabaroniy rivoyati.


@sardordomla