Get Mystery Box with random crypto!

Alloh O‘zining muborak kalomi Qur’oni karimda biz bandalariga | ️️Сардор домла | Расмий сахифа️

Alloh O‘zining muborak kalomi Qur’oni karimda biz bandalariga Nabiy sollallohu alayhi vasallamga salovot aytishimiz ta’limotini berib, shunday xitob qiladi:

 “Albatta, Alloh va Uning farishtalari Payg‘ambarga salovat ayturlar. Ey, mo‘’minlar! (sizlar ham) unga salovat va salom ayting!”

(Ahzob, 56)


Bir kuni Nabiy sollallohu alayhi vasallam xursand holda keldilar. Biz: "Yuzingizda xursandchilikni ko‘ryapmiz! (nima bo‘ldi?), – dedik. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: "Mening oldimga farishta (Jabroil alayhissalom) keldi va: "Ey, Muhammad! Robbingiz shunday dedi: "Men sizga bir marta salovot aytgan kishiga o‘nta salovot aytishim va sizga bir marta salom aytgan kishiga o‘nta salom aytishim sizni rozi qilmaydimi", – deb xabar berdi.

Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam shunday marhamat qiladilar: "Qiyomat kunida ummatlarimning menga eng yaqini, menga ularning salovotni eng ko‘p aytuvchilaridir".



Bugun Juma kuni salovotni yanada ko'proq ayting azizlar



@sardordomla