Get Mystery Box with random crypto!

Nihoyat mana shu kunga ham yetib keldik Alhamdulillah Bugun u | ️️Сардор домла | Расмий сахифа️

Nihoyat mana shu kunga ham yetib keldik Alhamdulillah

Bugun ularni ko'zlarida yosh bo'lgani bilan qalblarida quvonchi bor. Alloh barcha ehson qilgan va shu ishga o'z hissasini qo'shganlardan rozi bo'lsin.

Aslida hammasi Allohning fazlidan, bizlar esa bir sababchilardanmiz, ammo Alloh taolo o'zi tanlab olgan bandalarini yaxshiliklarga va yaxshi ishlarga sababchi qiladi. Mana shu insonlar safidamisiz unda Alloh taologa hamdlar aytishni to'xtatmang.


Bas, kuchlaringiz yetganicha Allohdan qo‘rqinglar, (o‘zlaringizga qilinayotgan pand-nasihatga) quloq tutinglar va itoat etinglar hamda infoq-ehson qilinglar, (mana shu) o‘zlaringiz uchun yaxshiroq bo‘lur. Kim o‘z nafsining baxilligidan saqlana olsa, bas, ana o‘shalar najot topguvchidirlar.
( Tag'obun surasi 16-oyat)


Alloh taolo qiyomat kunida najot topuvchilardan qilsin



@islom_hiloli_xayriya_fondi