Get Mystery Box with random crypto!

1896-yil Angliyada qabul qilingan qonunga muvofiq, aholi punkt | Tarixlar sarasi

1896-yil Angliyada qabul qilingan qonunga muvofiq, aholi punktlarida avtomobillar tezligi borasidagi cheklov soatiga 3 kilometrni tashkil qilar edi. Biroq hayotida ilk bora mashina sotib olgan Uolter Arnold degan kimsa cheklovlarni yoqtirmasdi. Bir kuni u "toychog‘ining" maksimal tezligini sinab ko‘rishga qaror qiladi. Natijada, politsiya uni 13 km/soat tezlikda harakatlangani to‘g‘risida jarima yozib bergan.

Bu hikoyaning kulgili tomoni shundaki, politsiyachi xuddi hozirgidek qoidabuzarni quvlashiga to‘g‘ri kelgan. O‘shanda politsiyachi velosiped bilan 13 km/soat tezlikda harakatlanayotgan mashinaga yetib olgan. Aytgancha, tezlik oshirilganligi uchun birinchi jarima miqdori 1 shilling 26 pensni tashkil etgan.

@SARA_TARIX