Get Mystery Box with random crypto!

Birinchi jahon urushi davridagi Ipr jangi tarixda zaharli gazd | Tarixlar sarasi

Birinchi jahon urushi davridagi Ipr jangi tarixda zaharli gazdan birinchi marta foydalanilgani bilan qolgan. Nemislar tomonidan 1915-yil 22-aprelda boshlangan birinchi hujum 10 daqiqada 5000 ingliz askarini o‘limiga olib kelgan.

Gazdan foydalanishga ikkinchi urinish 24-aprelda Kanada pozitsiyalariga qarshi bo'lgan. Ammo bu safar kanadaliklar orasida yaqinlashib kelayotgan yashil tusli zaharli bulut nimani anglatishini tezda bilib qolgan shifokor paydo boʻladi. U barcha askarlarga zudlik bilan istalgan matoga peshob qilishni va u bilan burun va og'izlarini yopishni buyuradi. Peshob haqiqatan ham xlorning asosiy ta'sirini zararsizlantirishga va ko'plab kanadalik jangchilarning hayotini saqlab qolishga yordam beradi.

@SARA_TARIX