Get Mystery Box with random crypto!

Qur’oni karim Muhammad (s.a.v) Qur’on oyatlarini Jabroildan q | Tarixlar sarasi

Qur’oni karim

Muhammad (s.a.v) Qur’on oyatlarini Jabroildan qabul qilar, boshqa musulmonlar u kishidan eshitib, yodlab olardilar. Yozishni biladigan odamlar, jumladan, Abu Bakr, Umar, Usmon, Ali, Zayd ibn Sobit, Ubay ibn Ka’b xurmoning po‘stlog‘i, yapaloq tosh, katta suyak, teri va shunga o‘xshash
narsalarga Qur’onni yozib borganlar. Payg‘ambarimiz hayotlik chog‘ida yana vahiy tushib qolar, degan umidda Qur’on jamlab kitob shakliga keltirilmagan. Payg‘ambarimizning vafotidan keyin Qur’on kishilarning xotirasida va yozgan narsalarida qoldi. Zayd ibn Sobit, Umar ibn Xattob va boshqalar Qur’oni karimni puxta yod bilishlariga qaramay, bu ishning ishonchli bo‘lishiga harakat qilib, masjidda: «Kimning qo‘lida yozilgan Qur’on bo‘lsa va uni Payg‘ambardan tinglaganiga ikkita guvohi bo‘lsa, bizga olib kelsin, Qur’onni jam qilishga xalifaning buyrug‘i bo‘ldi», deb e’lon qildilar. Ular masjidda o‘tirib, guvohlarni tekshirib, nihoyatda aniqlik bilan 1 yildan ortiq vaqtda Qur’on sahifalarini jamladilar. So‘ng ko‘pchilikka ko‘rsatdilar, hamma rozi bo‘ldi. Shunday qilib, Zayd va Umar mashaqqatli urinishlardan keyin Qur’onni kiyik terisidan ishlangan sahifalarga yozib, Abu Bakrning uyiga qo‘ydilar.

@SARA_TARIX