Get Mystery Box with random crypto!

Klassik omadsiz... U 7 yoshga to‘lganda, oilasi ijara haqini | Tarixlar sarasi

Klassik omadsiz...

U 7 yoshga to‘lganda, oilasi ijara haqini to‘lamagani uchun uydan haydab yuborilgan va u qandaydir yo‘l bilan o‘zini va yaqinlarini boqish uchun ishlashga majbur bo‘lgan.

U 9 ​​yoshida onasi vafot etdi. U huquqshunoslik fakultetiga o‘qishga kirmoqchi edi, ammo bunga ma’lumoti kamlik qilardi. 23 yoshida u kichik do'konga sherik bo'lish asnosida qarzga botadi.

U 26 yoshida uning biznes sherigi vafot etadi va uni ko'p yillar davomida to'lashi kerak bo'lgan katta qarzga botirib ketadi. 28 yoshida u 4 yildan beri uchrashib yurgan sevgilisiga turmushga chiqishni taklif qiladi, lekin u rad etadi. 37 yoshida uchinchi urinishdan so'ng Kongressga saylanadi, ammo ikki yil o'tib uni qayta saylashmaydi. U 41 yoshida uning to'rt yoshli o'g'li vafot etadi. 45 yoshida u Senatga kirishga harakat qiladi va yana muvaffaqiyatsizlikka uchraydi.

51 yoshida esa uni AQSh prezidenti etib saylashadi.

Ha, bu odamning ismi Avraam Linkoln edi.


@SARA_TARIX