Get Mystery Box with random crypto!

2003 yilda yozgan ekanman: «... sheʼriyatdagi o‘zgarishlar, ya | Sanjar Nazar

2003 yilda yozgan ekanman: «... sheʼriyatdagi o‘zgarishlar, yaʼni muayyan davr sheʼriyatining o‘ziga xos xususiyatlari avvalo shoirning qiyofasi — yuz ifodasi, kiyinishi, o‘zini tutishida aks etar ekan. Ishonmasangiz, ularning suratlarini toping-da, bunga amin bo‘ling. Keling, kuzatishni fotosuratlari yaxshi saqlangan davr shoirlaridan boshlaymiz. 40-50-yillar shoirlari arboblarga xos ko‘rinish kasb etmaganmi?! 60-yillar avlodiga qarang. O‘zgarishni sezayapsizmi? Ulardagi devonavorlik, bezovtalik ufurib turgan nigohlarga eʼtibor bering. 70-80-yillar shoirlari: jangchilar. Jangovorlik, isyonkorlik va shiddat bu davr shoirlarining taʼrifi uchun eng ko‘p qo‘llanadigan sifatlar ekanligi shubhasiz. 90-yillar, yaʼni bugungi kun shoirlari qiyofasini suratlarsiz ham eslay olasiz: parkda, butalar va gullar quchog‘ida, qo‘lida g‘uncha yoki majnuntol novdasi». Bugun, ancha tanaffusdan so‘ng yangi sheʼriyat, yangicha shoir qiyofasi shakllana boshlagandek. Maqolaning to‘lig‘ini bu yerda o‘qishingiz mumkin.