Get Mystery Box with random crypto!

“Agar Xudo bo‘lmasa, demak hamma narsa mumkin”, – deydi Dostoy | Sanjar Nazar

“Agar Xudo bo‘lmasa, demak hamma narsa mumkin”, – deydi Dostoyevskiy.

Izohlarda ehtimoliy gap olib qochishlarning oldini olib qo‘yay: ha, Dostoyevskiyning hamma gapi ham haqiqat emas. Ammo ayrim gaplaridan haqiqatni topish uchun foydalanish mumkin. Hikmat – yo‘qotganimiz, topgan joyimizdan olaveramiz.

Ayni damda, sermaʼno bu gapning bugunimiz uchun kerakli xulosasi qiziq. Yaʼni, mabodo biron jamiyatda aslida mumkin bo‘lmagan ishlar ro‘y berayotgan bo‘lsa, boshqacha qilib aytganda hamma narsa mumkin bo‘lsa, demak u yerda Xudo yo‘q. Xudosi bo‘lganida nima bo‘lar edi? Hisob berishdan, so‘roq-savoldan hayiqar edi. Tiyilishar edi. Hamma narsa mumkin bo‘lmasdi.

Demak, Xudoni topish kerak. Hisob berishni, hisoblashishni o‘rganib, o‘rgatishimiz kerak. Bu Kuch deganidir. U fikr(g‘oya, mafkura)ning ustiga quriladi. Bizda hozircha FIKR yo‘q. Shuning uchun hamma narsa mumkin, shuning uchun xuddi Xudo yo‘qdek tutishadi o‘zlarini.