Get Mystery Box with random crypto!

Agar mendan bugunning kitob bilan bog’liq eng umidbaxsh voqeli | Sanjar Nazar

Agar mendan bugunning kitob bilan bog’liq eng umidbaxsh voqeligi haqida so’rashsa, anchayin oyoqqa turib qolgan kitob blogerlarlari harakati degan bo’lar edim. Book talks (http://t.me/Book_Talks_uz) esa mana shu harakatning qaymog’iga o’xshaydi. Ertaga ularning ikkinchi tadbirlari bo’lib o’tadi. Qatnashishga harakat qilaman. Juda toza quvvat bor bu tadbirda va bu — omonat. Chunki kitob blogerligida shunday quvvat maydoni bor. Ular faqat o’zlari yaxshi, chiroyli, to’g’ri deb bilgan kitoblari haqida yozishadi, o’z hayrat va zavqlarini ulashadilar. Sekin bu harakat moddiylasha boradi (borayotir ham). Afsuski, kitob ularning ko’pchiligi uchun ham (aslo hammasi uchun emas) tiriklikdan bahra olishning bir usuligina emas, tirikchilikning bir vositasiga ham aylanadi. Ungacha esa ularning ulashayotgan zavqlariga oshno bo’lib turamiz, taratayotgan quvvatlaridan kuchlanamiz. Muborak bo’lsin! Hayrat va zavq tark etmasin! Yo’llaringiz yorug’ bo’lsin!