Get Mystery Box with random crypto!

2016-yilgacha muammolar ko‘p edi. Islom Karimov amaldorlarni t | Sanjar Xo‘ja

2016-yilgacha muammolar ko‘p edi. Islom Karimov amaldorlarni tanqid qilardi. Odamlar "Prezident yaxshi, atrofidagilar iflos" derdi. 25 yil davomida bu gap aytildi.

Islom Karimov vafot etdi. Keyin vaziyat o‘zgardi. O‘sha atrofdagilar ezilgan, zo‘rlangan, jabrdiyda ekanini gapira boshladi. Hamma ayb o‘lgan bir kishiga ag‘darildi.

Hozir Shavkat Mirziyoev Prezident. Haligacha muammolar ko‘p. Shavkat Mirziyoev minbarda amaldorlarni tanqid qilyapti. Odamlar tilida esa shu gap: "Prezident yaxshi, atrofidagilar iflos"...

@sanjar_xoja