Get Mystery Box with random crypto!

Xalq ishongan jurnalist va bloggerlarga nima bo‘layapti? Deka | Sanjar Xo‘ja

Xalq ishongan jurnalist va bloggerlarga nima bo‘layapti?

Dekabr oyining boshida elektr va gaz uzilishi ko‘paydi. Jurnalist va bloggerlar yonib-kuyib yozdi. Shunda, ularga qo‘ng‘iroq bo‘ldi. "Keling, bir suhbatlashaylik" deb Energetika vazirligidan.

Blogger va jurnalistlar vazirlikka bordi. Yaxshi kutib olishdi. Amaldorlar va bir-ikki oligarxlar nutq so‘zladi. Yopiq eshik ortida soatlarcha gaplashildi. Albatta, jurnalist va bloggerlarning telefonlari olib qo‘yildi.

Suhbat mavzusi shunday edi:
"Oh desangiz ham, dod desangiz ham, elektr hal bo‘lmaydi. Gaz va elektr bir-biriga bog‘liq. Biri bo‘lmasa, ikkinchisi bo‘lmaydi. Gazimiz esa shartnomalar bilan "tupik"ka kirib bo‘lgan. Shuning uchun, o‘zingiz bilasiz. Yozsangiz, baribir hech narsa o‘zgarmaydi. Shunchaki, qo‘zg‘olon tezlashadi", deyishgan amaldor va oligarxlar. Va suhbat Leopoldning gapi bilan tugagan.

"Ozodlik"ning surishtiruvidan keyin shu suhbat takrorlanganga o‘xshaydi. To‘rt soatning ichida...

@sanjar_xoja