Get Mystery Box with random crypto!

'Ozodlik' O‘zbekiston gazi bo‘yicha surishtiruv o‘tkazdi. Turl | Sanjar Xo‘ja

"Ozodlik" O‘zbekiston gazi bo‘yicha surishtiruv o‘tkazdi. Turli hujjatlarni e'lon qildi.

Keyin amaldorlar jurnalist va bloggerlar bilan uchrashdi. "Ozodlik"ning ma'lumotlarini rad qildi.

Mayli, "Ozodlik" uchiga chiqqan fitnachi, g‘alamis, masonlar jamoasi deylik. Mayli, amaldorlar qotgan non yeb, kun-u tun xalq uchun ishlaydi deylik.

Baribir savol bor:
Nega gaz uzilishi bo‘lyapti, shuncha gazimiz qani? Agar shartnoma xalq manfaatiga mos bo‘lsa, sotilgan gaz puli qani?

Bu huddi latifaga o‘xshaydi:

Afandi uyga yarim kilo go‘sht olib kelib:
- Kechga chuchvara pishir, xotin, deb ishga ketibdi. Nafsi yomon xotin go‘shtni qovurib yeb qo‘yibdi. Kechqurun ishdan qaytgan Afandi, qani xotin chuchvarani keltir, desa xotini:
-Dadasi, siz olib kelgan go‘shtni mushuk yeb qo‘ydi, debdi. Afandi hovliga chiqib, mushukni tutibdi. Keyin uni tarozida tortsa, roppa-rosa yarim kilo ekan. Afandining jahli chiqib debdi:
- Ey, xotin bu mushuk bo‘lsa, go‘sht qani? Agar, bu go‘sht bo‘lsa mushuk qani?!

@sanjar_xoja