Get Mystery Box with random crypto!

Ta'lim tizimining darajasini ko‘rib turibsiz. Isloh qilishni h | Sanjar Xo‘ja

Ta'lim tizimining darajasini ko‘rib turibsiz. Isloh qilishni hukumatdan talab qilish kerak. Lekin, isloh bo‘lishiga vaqt ketishini ham tan olish kerak. Agar islohotni chindan xohlashsa.

Shunday ekan, o‘z farzandingiz uchun o‘zingiz ham kurashing. Tumaningizda kutubxonalar bor. Haftada bir marta borib, kitob oling. Bilimlarni o‘rganing va farzandingizga o‘rgating. "O‘ynama, bor darsingni qil", demang. Ba'zan, "kel, dars qilamiz" deb ayting.

Choyxona, futbol, ulfatchilik uchun qanday vaqt topasiz? Ana shunday, farzand darsiga ham toping.

Ko‘chat o‘z-o‘zidan o‘smaydi. Uni parvarish qilish kerak. Bo‘lmasa, yovvoyi o‘simliklar o‘rab oladi.

@sanjar_xoja