Get Mystery Box with random crypto!

'Xalq so‘zi' gazetasi, 21-avgust 1991-yildagi 160-soni: 'Besh | Sanjar Xo‘ja

"Xalq so‘zi" gazetasi, 21-avgust 1991-yildagi 160-soni:

"Beshinchidan, shuni ham xalqimizga ochiqdan-ochiq, ro‘y-rost aytishimiz kerakki, qayta qurishni boshlaganlarimizga olti yil bo‘ldi. Quruq gaplar, dabdabali va'dalar odamlarimizning joniga tegdi. Bugun-erta hayotimiz yaxshi bo‘ladi degan, ozgina chidanglar degan gaplarga va va'dalarga hech kimda ishonch qolmadi. Bu ham ahvolning keskinlashuviga, odamlarning g‘azablanishiga asos bo‘ldi...

Ko‘pchilik bilan gaplashsangiz, qaysi yoshda, qaysi ishda bo‘lishidan qat'i nazar, boshimizga tushgan savdolar qachon tugaydi, yaxshi kunlar qaytarmikin, deb savol berishlari hammamizga ma'lum. Bunday savollarga javobni xalqimiz ko‘pdan beri kutyapti. Lekin bunday og‘ir savollarga javob berishda mamlakatimiz rahbariyatining zaifligi ma'lum bo‘lib qoldi..."

Islom Abdug‘aniyevich Karimov

O‘zbekiston Sovet Sotsialistik jumhuriyatining prezidenti, O‘zbekiston Kommunistik partiyasi Markaziy Komitetining Birinchi sekretari

@sanjar_xoja