Get Mystery Box with random crypto!

Ko‘p odamni o‘ylantirgan mavzu: 'Sherali Jo‘raevning o‘g‘illar | Sanjar Xo‘ja

Ko‘p odamni o‘ylantirgan mavzu:
"Sherali Jo‘raevning o‘g‘illari" shov-shuvi.

Olamshumul va kelajak avlod uchun ham o‘ta dolzarb masala bu. Shu o‘rinda arzimagan, kichkinagina masalaga diqqatingizni qaratmoqchiman.

Davlat xizmatchisi, xalq pulidan oylik oladigan Otabek Umarovning qo‘lidagi soat. Qiymati 1 million 880 ming dollar. So‘mda aytganda: 20 milliard 380 million 760 ming so‘m.

Bu pul zo‘rg‘a kunini ko‘rayotgan 32 ming 932ta pensionerning bir oylik nafaqa puli. Bu pulga yana qancha maktab, kutubxona va parklar qurilishini siz taxmin qiling.

Davlat xizmatchisi, xalq puliga oylik olayotgan Otabek Umarov, xalq puliga oylik oladigan prezidentning kuyovi bu soatni qanday oldi?

Haligi opa aytganidek, "halol biznes bilan" deydiganlarga savol: Fakt bormi? Daromad dekloratsiyasi bormi? Soliqlar to‘langani hujjati bormi?

@sanjar_xoja