Get Mystery Box with random crypto!

Kecha Shavkat Mirziyoyev yangi Prezidentlik davri uchun qasamy | Sanjar Xo‘ja

Kecha Shavkat Mirziyoyev yangi Prezidentlik davri uchun qasamyod qildi. E'tibor bersangiz, Konstitutsiya va Qur'onni ushlab qasam ichdi.

Misr fir'avnlari ham, Rim imperatorlari ham taxtga o‘tirishdan avval qasamyod qilgan. Lekin aynan Konstitutsiyani ushlab qasam ichish qachon boshlangan?

1789-yilda Amerikaning birinchi Prezidenti Jorj Vashington vazifasiga kirishishdan oldin Konstitutsiyani ushlab qasamyod qiladi. Keyinchalik bu marosimni boshqa davlatlar o‘rnak oladi.

1923-yilda Turkiya davlati tashkil topdi. Turkiyaning birinchi Prezidenti Mustafo Kamol edi. U o‘z vazifasini boshlashdan avval Konstitutsiya va Qur'onni ushlab qasam ichdi.

Bu uslubdagi qasamyod marosimi musulmonlar yashaydigan boshqa davlatlar o‘rnak bo‘ldi.

O‘zbekistonda Konstitutsiya va Qur'onni ushlab qasam ichish mustaqillikdan so‘ng boshlandi. Buni ma'nosi - ham Konstitutsiyaga bo‘ysunaman, ham Islom diniga taslim bo‘laman.

Prezidentlar qasamga qanchalik sodiq ekanini xalq baholaydi!

@sanjar_xoja