Get Mystery Box with random crypto!

'Ozodlik' surishtiruvni e'lon qilganiga 3 kun bo‘ldi. - Besh | Sanjar Xo‘ja

"Ozodlik" surishtiruvni e'lon qilganiga 3 kun bo‘ldi.

- Besh kunda xalq unutadi,
- O‘nta blogger, jurnalist va domlalar "Ozodlik"ni qoralagani yetarli,
- Karvonimiz o‘taveradi, deb o‘ylash xato...

Rivojlangan davlatlarda bunday jurnalistik surishtiruvdan keyin shov-shuv bo‘ladi. Tekshiruvlar boshlanadi. Bizda loaqal raddiya berilmayapti.

"Ozodlik" aytgan ma'lumotlar yolg‘on ekani isbotlansa edi, degan xalqda umid bor.

Eng kamida, aqlga, mantiqqa to‘g‘ri keladigan gap kerak. Qarindoshlarga mansab va biznes berilishini foydasi asoslab berilsin, biz ishonaylik.

Tili, qalami, uslubi o‘tkir jurnalistlar yo‘qmi, butun boshli MTRKda?

Kuchli jurnalistlar bor. Lekin ularga imkon berishmaydi. Nega bilasizmi?

Agar ular bemalol gapirsa, "Ozodlik"ka shaqillatib raddiya beraoladi. Xalq orasida obro‘ - mavqeyi oshadi. Keyin u jurnalistlar hukumatni tanqid qilib qolishi mumkin. Ana shu qo‘rquv bilan ularga imkon berilmaydi.

Aylanib hammasi o‘sha gapga taqaladi: Ishton bo‘lmagach, cho‘pdan ham, somondan ham cho‘chib yuriladi...

@sanjar_xoja