Get Mystery Box with random crypto!

​​ Talabamizdan izoh: Sardor Koreya haqida fikringiz. Tal | Sanjar 🇰🇷 Narmuradov | Korea blog

​​ Talabamizdan izoh:

Sardor Koreya haqida fikringiz.
Talabalik oltin davrim! Koreyada o’qish davrida o’qiymiz, ta’tilda dam olamiz. Menga Koreyaning baland binolari, katta shaharlari bilan birgalikda, juda chiroyli tabiyati, dengizlari, daryolari ham yoqadi.

Siz Topik yoki Ielts bilan topshirganmisiz?
Yo’q, men ichki imtihonga Topiksiz va Ieltssiz topshirganman va yaxshi natija bilan talaba bo’lganman.

Viza olishingizda qiyinchilik bo’lganmi va suhbat belgilanganmi?
Viza olishda hech kim yordam berolmaydi, shu sabab faqat o’z bilimimga va elchixonaga topshiriladigan hujjatlarimga ko’proq e’tibor berib topshirganman. Shaxsan men suhbatsiz viza olganman. Koreys tilini yaxshi bilganligim sabab, suhbat bo’lishiga ham tayyor turganman va o’z bilimimga ishonganman.

O’qish davrida qiyinchilik bo’ldimi?
To’g’ri o’qish oson emas, chunki rivojlangan davlatlarda ta’lim sifati yuqori bo’lganligi sabab, men ham yuqori natijalarga harakat qilmoqdaman.

O’qishni tamomlagandan keyingi rejangiz qanaqa?
Magistraturani Koreyada yoki Amerikada yoki Kanadada davom ettirish.

Bo’lajak talabalarga nima maslahat berasiz?
Faqat va faqat oldinga intiling. Atrofimda 80% tanishlarim meni Koreyaga o’qishga kelishimga ishonishmagan. Topigim bo’lmaganligi uchun, viza ham berishmaydi deb rosa ko’nglimni sovutishgan, topik bo’lmasa suhbatga qo’yilishim mumkin edi, hatto shu suhbatda ham natija har kimning o’zini bergan javobiga bog’liq. Asosiysi men maqsadimga yetish uchun, barcha qiyinchiliklardan o’tdim, Mana o’qishga ham kirdim, vizam ham chiqdi. Va natijam, MEN KOREYADAMAN!

Hurmat bilan Daegu University talabasi Sardor.

@discoverygroup_uz