Get Mystery Box with random crypto!

KELAJAKKA YO'L TA'LIMDAN BOSHLANADI. O'zbekiston Respublikasi | JARAYON

KELAJAKKA YO'L TA'LIMDAN BOSHLANADI.
O'zbekiston Respublikasi Xalq ta'limi vazirligi,Respublika ta'lim markazi tomonidan Qashqadaryo viloyati Shahrisabz tumanida Milliy o'quv dasturini 3-,6-,7-,10- sinflarda amaliyotga joriy etuvchi pedagog kadrlar uchun maqsadli o'quv-seminar o'tkazildi.Seminarda Qoraqolpog'iston Respublikasi va barcha viloyatlardan trener o'qituvchilar ishtirok etishdi. 21 soatga muljallangan o'quv-seminari juda qiziqarli o'tib,yangi avlod darsliklarini avzaliklari,o'quvchi daftari,o'qituvchi kitobidagi qo'layliklar bilan tanishtirib o'tildi.Darslik mualliflari,trener ustozlar tomonidan barcha fanlardan,yangi mavzulardan,amaliy mashg'ulotlar
o'tkazib berildi.Samarqand viloyatidan 15 nafar ustozlarimiz bu seminarda faol ishtirok etishdi.3nafar ustozimiz trener sifatida dars mashg'ulotlari o'tishdi. Men bu Respublika seminarida texnologiya fanidan trener bo'lib faoliyat yuritdim.

Samarqand shahar 64-umumta'lim maktab oliy toifali texnologiya fani o'qituvchisi Dusiyorova Vazira Suyunovna