Get Mystery Box with random crypto!

Munosabat 2022-yil 15-may kuni tahminan soat, 18-30lar atrofi | SAMNEWS•UZ | Samarqand yangiliklari

Munosabat

2022-yil 15-may kuni tahminan soat, 18-30lar atrofida ijtimoiy tarmoqlarda e'lon qilingan Qo’shrabot va Payariq tumanlarining bazi hududlarida yog’ingarchilik ko’p bo‘lishi oqibatida yomg’ir suvlari Ishtixon tumanidagi chegaradosh Bog’ixon, O’zbekqo’rg’on mahallasi Bashir qishlog‘i soy yo’llaridan to’lib oqib o’tishi natijasida soy atrofidagi bazi uzumzor va ekin maydonlariga sel suvlari kirganligi ma'lum bo’lgan.

Ijtimoiy tarmoq lavhalardagi voqealar murojatiga asosan, ushbu holat yuzasidan Ishtixon tuman FVB xodimlari tomonidan voqea joyiga chiqib o‘rganishlar olib borilib haqiqatdan ham Bog’ixon, O’zbekqo’rg’on mahallasi Bashir qishlog’i hududlari o’rganilib kuchli yog’ingarchilik sababli soy yo’llaridan sel kelganligi ma’lum bo’ldi va fuqarolarga amaliy yordam berilib, fuqarolarga favqulodda holatlar bo’yicha tushuntirish ishlari olib borildi.

Ta'kidlash lozimki, sel kelishi natijasida aholi xonadonlari zarar yetmagan va fuqarolar hayoti uchun ko‘ngilsiz hodisa yuzaga kelmagan.