Get Mystery Box with random crypto!

Samimiyat...☘

Telegram kanalining logotibi samimiylik_oddiylikda — Samimiyat...☘ S
Telegram kanalining logotibi samimiylik_oddiylikda — Samimiyat...☘
Kanal manzili: @samimiylik_oddiylikda
Toifalar: Telegram
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 198
Kanalning ta’rifi

Samimiy boʻling 💫
Qoʻying osmonda uchish qushlarga boʻlsin
Hammasi oddiy va samimiy
P/s: Postlar hayotda koʻrganlarim va oʻqigan kitoblarimdan olinadi

Ratings & Reviews

4.33

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

2

4 stars

0

3 stars

1

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar 2

2023-01-04 17:54:21 Bola edim.
Onamga «Daraxtga chiqaman, yordam bering!» dedim. «Birov chiqarib qoʻygan joydan tusholmaysan, qulaysan» dedi.
Bir umr bu gapni unutmadim...
106 viewsLobar Mukhtarova, 14:54
Ochish/sharhlash
2023-01-02 06:56:15 ZAMONAVIY VAHSHIYLIK

Er dedi, xotiniga
Gazeta o‘qib turib:
-Arab bo'lib qolmapmiz
Yaxshiyam xudo urib.

Qara,bu vahshiylarni,
Shunaqayam bo‘larkan.
Qiz tug‘ilsa chaqaloq,
Yerni kovlab ko‘markan.

Xotin dedi:-voy voya
Qaranga o‘z bolasi.
Bu islomdan oldingi 
Arablar-da dadasi.

Talonchilik,dinsizlik.
Urushqoq har qabila.
O’g‘il bolalaridan 
Tuzar ekan armiya.

Qiz boladan ne foyda?
Noniga bo‘lar sherik.
Boqib boqib birovga
Bervorish aqlsizlik.

Er dedi:- Tahmin qilma
Ja unaqa emasdir.
Balki qiz uzatishning
Qiyinligi sababdir.

Ikki qiz uzatguncha,
Qul bo'lib ishladiga
Hali Chorsuda savdo
Hali Xitoy,Rossiya.

Olgan edik chiroyli,
Toshkentning mebelini.
Katta qudang qaytarib,
Yuborgan esingdami?

Zo‘rini olamiz deb
Bitta domni sotdirding
Molu qizingni berib 
Nima foyda ortirding.

Bitta domning puliga
Uchta uyni yasatib
Ora kunda qizingni
Yuborishar qaqshatib.

Kuyovmish kaynotasin
Mebelida yotib ham,
Uchrashganda erinib,
Ko‘rishadilar"akam"

Aytgim kelar qo‘l cho‘zib,
Qotganida ensasi:
"Qalay yumshoq ekanmi,
Turkiyaning ko‘rpasi"

Yoqdimi gilamlarim?
Yungi pati uzunmi?
Turtkilamay boshingda 
Ko‘tarib yur qizimni.

Yumshoq mebellarimchi,
Tushdimi uy rangiga?
Ketlaringni qitiqlab
Qiynamayaptimi-a?

Olgan chinni buyumlar
Xurustallarim qalay?
Hali kosa sho‘rvasi
Yoqyotgandir asalday.

Qudangchi osmondalar
Bellarida doim qo‘l
Kelinning moli bilan
Uyingni yasatmay o‘l.

Deptilar almashtiring 
Yostiqlarning pari kam,
Choynak piyola kichik
Likoplarning zari kam.

Seplarining ichida
Aptechkasi,dori yo‘q
Pilesos yuvadigan bo‘lsin,
Depti, ori yo‘q.

Yubordimu desamda:
Ko‘ngling muncha mog‘or-a?
O’sha pilesosimda
Qalbingniyam tozala.

Xotin dedi:-Ha mayli
Bo‘ldi endi dadasi.
-Kelin topib, shart qo‘ysang,
O’ldiraman onasi.

Qurbilari yetgancha
Sep qibersin,indama.
Xotin:-Menga baribir
Odamlar kuladi-daa.

Er deydi:-Bu xotinlar
Buncha o‘ch-a dunyoga?
O’tib ketdi ishlari
Xo‘ja ko‘rsin, riyoga

Bularni bir me’yorga
O’rgatib boʻlarmikan?
Yo shu "kim oshdi"sini
Qilmasa o‘larmikan?

Erkaklarni ham sekin
Qo‘llariga olishdi.
"Ha shunaqa ekan"deb
Ko‘nib qo‘ya qolishdi.

Ko‘proq pul topayin deb
Yurgan bo‘lsa qay erkak
Miyasida bir fikr:
"Qiz uzatishim kerak".

Lom mim,hatto, alifni
Bilmasak mo‘min bo‘lib,
To‘yshunoslik ilmini
Ichvorganmiz suv qilib.

Sen past bo'lib qudadan
So‘rab olma borini.
Mo‘min kishi qiynamas 
Mo‘min birodarini.

Kim qudani qiynasa,
Ta’ma-la berib ozor.
Bolasin tirik ko‘mgan
Vahshiydan ne farqi bor?

U bolasin tuproqqa 
Ko‘msa boqmay ohiga,
Bu qudasin ko‘myapti
Ta’ma ta’na chohiga.

Farqi shuki,ular din
Nur ko‘rmagan insonlar,
Biz-chi g‘ururga ketib,
Buzilgan musulmonlar.

Bu hoyu havaslarning
So‘rog‘i ham bo‘ladi.
Marhabo haddan oshsa
Oxiratda ko‘radi.

#Marhabo_Karimova
@samimiylik_oddiylikda
161 viewsLobar Mukhtarova, 03:56
Ochish/sharhlash
2023-01-01 19:49:34
2022 YILNING ENG QIYIN SAVOLI!

Ushbu masaladagi birorta amalni o‘zgartirmasdan, birorta harfni o‘zgartirmasdan, umuman masalaga tegimasdan to‘g‘ri tenglik hosil qiling!

comment gooo
149 viewsLobar Mukhtarova, edited  16:49
Ochish/sharhlash
2023-01-01 15:43:17 Hamma abedda oʻtgan yildan qolgan ovqatni yedimi :)
192 viewsLobar Mukhtarova, 12:43
Ochish/sharhlash
2023-01-01 12:39:17 Yangi yilda koʻrmang gʻam,
Koʻzingiz boʻlmasin nam.
Ochiq boʻlsin yoʻllaringiz,
Faqatgina DOLLAR $ sanasin qoʻllaringiz!

@samimiylik_oddiylikda
135 viewsLobar Mukhtarova, 09:39
Ochish/sharhlash
2022-12-31 23:29:45 Yil yakunida afsuslanmaslik uchun harakatni hozirdan boshlang
138 views...Lobar, 20:29
Ochish/sharhlash
2022-12-31 21:50:15 Assalomu alaykum
Xayrli kech qadrli insonim

Mana 2022-yil ham koʻz ochib yumguncha oʻz nihoyasiga yetdi
Hayot kitobimizning yana bir sahifasi ochilmoqda 2023-yilda Baxtli onlarizni muhrlash nasib aylasin
Kelayotgan yangi yil yangi umr yangi sahifa yangi tanishlar yangi zafarlar demakdir.....
Bu sahifa yangi marralarni zabt etib, koʻplab zafarlarga erishish nasib etsin

Baxtlilardanda baxtli boʻlib bir umrga yuzizdan nurli tabassumiz arimasin

Samimiy tilaklar bilan Men)))
954 viewsLobar Mukhtarova, edited  18:50
Ochish/sharhlash
2022-12-31 21:45:38 Yangi yil kirib kelishini soatiga tinmay qarab kutayotganlar bormi
136 viewsLobar Mukhtarova, 18:45
Ochish/sharhlash
2022-12-30 23:12:57 Mehribonim qadrligim onajonimni xuddi shu sanada dunyoga keltirgan onajonlariga rahmatlarimni qanday aytsam ekan aaa
Qoʻllarimni duo uchun ochsam tilaklarim yetib borarmikan

Bir umr baxtimga sogʻ boʻling onajonim
147 viewsLobar Mukhtarova, 20:12
Ochish/sharhlash
2022-12-30 20:28:22 Bugun kuppa kunduz koʻzim oʻngida
Yana bir yoshimni oʻgʻirlading qish
144 viewsLobar Mukhtarova, edited  17:28
Ochish/sharhlash