Get Mystery Box with random crypto!

QISH KECHASI Taqillaydi eshik nogahon, Kimsan? — deyman, tuga | Samimiyat...☘

QISH KECHASI

Taqillaydi eshik nogahon,
Kimsan? — deyman, tugab sabotim.
—  Ochgil, — deydi. — Men senga mehmon,
Bilmoq boʻlsang — Tashvishdir otim.

Taqillaydi eshik nogahon,
Kimsan? — deyman tugab sabotim.
—  Ochgil, — deydi. Bu — men, qadrdon,
Bilmoq boʻlsang — Bardoshdir otim.

Tashqarida shamol uvillar,
Tuni boʻyi yummayman koʻzim.
Tuni boʻyi bahs qilar ular,
Tun esa-chi, juda ham uzun.

Abdulla Oripov

@samimiylik_oddiylikda