Get Mystery Box with random crypto!

Qozog‘istonning Astana shahrida “Sambo' bo‘yicha Osiyo va Okea | Samarqand IIB | Rasmiy kanal

Qozog‘istonning Astana shahrida “Sambo" bo‘yicha Osiyo va Okeaniya chempionati nihoyasiga yetdi.

Chempionatda Samarqand viloyati IIB xodimlari ham munosib ishtirok etib, vatanimiz sharafini munosib himoya qilishdi.

79 kg. vaznda ishtirok etgan Samarqand viloyati IIB Tezkor vazifalarni bajaruvchi safarbar otryadi guruh komandiri leytenant Furqat Ro‘ziyev barcha raqiblarni yengib, oltin medalni qoʻlga kiritib, Osiyo chempioniga aylandi.

Shuningdek, 98 kg. vazn toifasida kurashgan katta serjant Behzod Axmadov faxrli 3-o‘rinni egalladi.

Samarqand viloyati IIB rahbariyati va shaxsiy tarkibi chempionlarimizni ushbu g'alabalar bilan muborakbod etadi.

Kanalimizga qo‘shiling

https://t.me/samiibuz