Get Mystery Box with random crypto!

Birovning fotosuratlarini internetda tarqatishini aytib pul ta | Samarqand IIB | Rasmiy kanal

Birovning fotosuratlarini internetda tarqatishini aytib pul talab qilgan shaxs ushlandi

Samarqand shahrida yashovchi 36 yoshli Z.N. IIBga murojaat qilib, ijtimoiy tarmoqda joylashtirgan fotosuratlarini noma’lum shaxs yuklab olib, uyatli rasmlari borligini aytib pul talab qilayotganini ma’lum qilgan. Tezkor-surishtiruv ishlari natijasida, pullarni o‘zlashtirgan shaxs, Samarqand shahrida yashovchi, 35 yoshli T.U. ekani aniqlangan.

Unga ko‘ra, T.U. “Odnoklassniki” ijtimoiy tarmog‘ida Z.N. joylashtirgan fotosuratlarga ishlov berib, uyatli ko‘rinishga keltirgan va ularni internetda tarqatmaslik evaziga 6 500 dollar, "Apple iPhone 13 Pro" va erkaklar tilla zanjiri talab qilgan.

Mazur holat yuzasidan, T.U.ga nisbatan Jinoyat Kodeksining  168-modda 3-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov xarakatlari olib borilmoqda. Qonunga muvofiq, T.U. tomonidan sodir etilgan jinoiy harakatlar  uchun 5 yildan 8 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi nazarda tutilgan.

Kanalimizga qo‘shiling

https://t.me/samiibuz