Get Mystery Box with random crypto!

Samarqand viloyati IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi va uning | Samarqand IIB | Rasmiy kanal

Samarqand viloyati IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi va uning quyi tizimlarida xizmat qilayotgan xodimlar ishtirokida sarhisob yigʻilishi boʻlib oʻtdi

Samarqand viloyati IIB huzuridagi Tergov boshqarmasining joriy yilning 3 oyi yakuniga bagʻishlangan hisobot yigʻilishi boʻlib oʻtdi. Mazkur yigʻilishda viloyat IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi va uning hududiy boʻlinmalari shaxsiy tarkibi ishtirokida joriy yilning birinchi choragi ish yakunlari va kelgusida amalga oshirilishi lozim boʻlgan ishlar muhokama qilindi. Yigʻilishni viloyat IIB boshligʻining oʻrinbosari - Tergov boshqarmasi boshligʻi, polkovnik M.Raxmatullayev ochib, joriy yilning oʻtgan davri davomida amalga oshirilgan ishlar, yoʻl qoʻyilgan kamchiliklar hamda ularni bartaraf etish masalalariga toʻxtalib oʻtdi.

Yigʻilishda shahar va tuman IIB huzuridagi tergov boʻlinmalari boshliqlarining hisobotlari tinglandi. Tanqidiy ruhda oʻtgan yigʻilish davomida, har bir tergovchi va surishtiruvchilarning ish faoliyati tahlil qilinib, natijalariga koʻra, namunali xizmat qilib kelayotgan bir guruh tergovchi va surishtiruvchilar ragʻbatlantirildi. 1 nafar xodim nafaqaga kuzatildi.

Kanalimizga qoʻshiling

https://t.me/samiibuz