Get Mystery Box with random crypto!

Samarqandda 4 mln so‘m evaziga elektrdan qarzdorlikni yo‘q qil | Samarqand IIB | Rasmiy kanal

Samarqandda 4 mln so‘m evaziga elektrdan qarzdorlikni yo‘q qilib bermoqchi bo‘lgan shahar ETK muhandisi ushlandi

Bosh prokuratura huzuridagi departamentning Samarqand viloyat boshqarmasi tomonidan IIB korrupsiya va iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish bo‘limi xodimlari bilan hamkorlikda tezkor tadbir o‘tkazildi.

Tadbirda, Samarqand shahar elektr ta’minoti korxonasi muhandisi S.B. fuqaro A.Ch.ning xonadonidagi elektr energiyasiga noqonuniy ulanganlik holati bo‘yicha dalolatnoma rasmiylashtirmaslik hamda mavjud qarzdorligini yo‘q qilib berish evaziga 4 mln so‘mni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Kanalimizga qo‘shiling

https://t.me/samiibuz