Get Mystery Box with random crypto!

#qadribalandonatilim “QADRING BALAND BO‘LSIN, ONA TILIM!” re | SamDU Biologiya fakulteti

#qadribalandonatilim

“QADRING BALAND BO‘LSIN, ONA TILIM!” respublika tanlovi eʼlon qilindi

Tanlov 4 ta yo‘nalishda o‘tkaziladi:

“Davlat tili ustuvorligi taʼminlangan eng namunali hudud” yo‘nalishida mahalliy ijro etuvchi tuman/shahar hokimliklari ishtirok etadi;

“Davlat tilida ish yuritish yo‘lga qo‘yilgan eng yaxshi tizim” vazirlik, idora, xo‘jalik birlashmalari o‘rtasida aniqlanadi;

“O‘zbek tilini rivojlantirishga qaratilgan eng yaxshi ilmiy-amaliy loyiha va dasturiy mahsulotlar” yo‘nalishida ilmiy tashkilotlar, oliy va o‘rta-maxsus taʼlim muassasalari qatnashadi;

“O‘zbek tilining qudrati va go‘zalligini tarannum etgan eng yaxshi badiiy asar” yo‘nalishida yozuvchi, shoirlar ishtirok etadi.

Tanlov joriy yilning 1-iyulidan 1-sentabriga qadar o‘tkaziladi va g‘oliblar 21-oktabr — O‘zbek tili bayrami kuni arafasida eʼlon qilinadi.

Batafsil maʼlumot:
www.til.gov.uz
(71) 215-53-98, (71) 239-86-99

Tanlovni #qadribalandonatilim heshtegi bilan ommalashtirishda faol bo‘ling!