Get Mystery Box with random crypto!

Talabalar huquqi: talabalik davri mehnat stajiga kiradimi? “ | SHAROF RASHIDOV NOMIDAGI SAMARQAND DAVLAT UNIVERSITETI AGROBIOTEXNOLOGIYALAR VA OZIQ-OVQAT XAVFSIZLIGI INSTITUTI

Talabalar huquqi: talabalik davri mehnat stajiga kiradimi?

“Fuqarolarning davlat pensiya taʼminoti toʻgʻrisida”gi qonunning 37-moddacida ish stajiga qoʻshib hisoblanadigan mehnat faoliyati turlari sanab oʻtilgan.

Mazkur qonunning “e” bandiga koʻra, oliy taʼlim muassasalarida, aspiranturada, stajyor-tadqiqotchi-izlanuvchilar institutida, katta ilmiy xodim-izlanuvchilar institutida, tayanch doktoranturada, doktoranturada va klinik ordinaturada kunduzgi oʻqish, shu jumladan, chet elda oʻqish umumiy ish staji kamida 7 yil boʻlgan taqdirda ish stajiga qoʻshib hisoblanadi. Yaʼni yoshga doir pensiya olish huquqiga ( erkaklar uchun – 60, ayollar uchun – 55 yosh) qadar kamida 7 yil ish stajiga ega boʻlsangiz, shundagina oliy taʼlim muassasalarida oʻqigan davringiz ish stajiga qoʻshib hisoblanadi. Nogiron boʻlib qolgan shaxslar stajiga esa koʻrsatib oʻtilgan staj muddatidan qatʼi nazar qoʻshiladi.

https://t.me/+DLlJZCxgaRNlMWJi