Get Mystery Box with random crypto!

Talabalarga ijara toʻlovining 50 foizini qoplab berish tartibi | 𝐒𝐚𝐦𝐃𝐓𝐔 𝙳𝚘𝚌𝚝𝚘𝚛𝚜👨‍⚕️👩‍⚕️

Talabalarga ijara toʻlovining 50 foizini qoplab berish tartibi tasdiqlandi

ijara toʻlovini qoplash uchun albatta soliq organlaridan roʻyxatdan oʻtgan rasmiy ijara shartnomasi boʻlishi kerak;

ijara toʻlovi faqat kunduzgi taʼlimda oʻqiydigan talabalar uchun toʻlab beriladi. Sirtqi va kechki taʼlim uchun qoʻllanmaydi;

bitta turar joyda ikki va undan ortiq talaba ijara huquqi asosida yashasa, ularning barchasi ijara shartnomasida qayd etilgan boʻlishlari shart;

arizalar har oyning 7-sanasigacha dekan oʻrinbosari yoki OTMdagi turar joy bilan taʼminlash boʻlimiga topshiriladi;

ijara toʻlovining bir qismini qoplab berish oʻquv yili davomida (har yili 1-sentyabrdan 1-iyulgacha) yoki oʻquv dasturi davomiyligiga qarab belgilanadi;

ijara toʻlovining qoplab beriladigan qismi Toshkent shahrida – BHMning 1 baravari (270 ming soʻm), qolgan hududlarda – 0,5 baravari (135 ming soʻm)dan oshirilmaydi.

@vuz24_official — Vazirlik huzuridagi Ma’naviyat va ma’rifat markazi rasmiy sahifasi