Get Mystery Box with random crypto!

Noqonuniy ravishda spirtli ichimliklar ishlab chiqarish syexin | Samarqandliklar 🇺🇿

Noqonuniy ravishda spirtli ichimliklar ishlab chiqarish syexini tashkil kilganlar ushlandi

Samarqand viloyatining Narpay tumanida istiqomat qiluvchi U.I. yaqin qarindoshlari va tanishlaridan iborat jinoiy guruh tuzib, noqonuniy ravishda qo'lbola spirtli ichimliklar mahsulotlarini tayyorlash, qadoqlash yashirin syexini tashkil qilganligi DXX Samarqand viloyati boshqarmasi va IIB xodimlari tomonidan fosh qilindi.

YAshirin syexda 36 xil turdagi 1068 dona shisha idishlarga qadoqlangan tayyor aroq hamda 70 litr qadoqlanmagan alkogol mahsuloti va 687 ta aksiz markasi aniqlanib, tegishli tartibda prosessual hujjatlashtirildi.

Mazkur syexda tayyorlangan maxsulotlar viloyatning Narpay, Paxtachi tumanlari hamda Navoiy viloyatidagi do'kon va oshxonalarga sotib kelinganligi ma'lum bo'ldi.

Holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

(SAMARQANDLIKLAR )
➥ https://t.me/joinchat/RNWXWlo6rynD1Ufh