Get Mystery Box with random crypto!

Susambil - dedokratik jumhuriyat. U yerning qomusiga kõra, zot | Samandar's blog

Susambil - dedokratik jumhuriyat. U yerning qomusiga kõra, zoti oliylari ikki muddatga saylana oladilar. Lekin vaqti-vaqti bilan mamlakat qomusi yangilab turiladi. Chunki zoti oliylari boshlagan islohotlar oxiriga yetkazilishi lozim bõladi.

Susambilda biror islohotni boshlagan zoti oliylari saylov orqali taxtni õzgaga topshirishlari mumkinmi? Agar õsha islohot oxiriga yetsagina shunday bõlishi mumkin.

Demak, zoti oliylari umrlarining oxirigacha Susambilning shõrpeshona raiyatiga "xizmat" qilishlari uchun eng ma'qul yõl - bu islohotlarni hech qachon oxiriga yetkazmaslik. Yashasin zoti oliylari!

(c) Behzod Alimov