Get Mystery Box with random crypto!

TOʻY Qildi bu vaqt bizda javlon toʻy, Oqchasi yoʻqni etdi h | Samandar's blog

TOʻY

Qildi bu vaqt bizda javlon toʻy,
Oqchasi yoʻqni etdi hayron toʻy.
Bir-biridin oshurdilar toʻyni,
Topdi ravnaq, gʻayratila boyon toʻy.
Besh kun oʻtmay toʻyni soʻnggidin
Ketibon mulklar bois figʻon toʻy.
Boyon toʻyigʻa yerlilar qarab
Etdi sarf toki tandagi jon toʻy.
Ey gʻaniylarimiz, ey faqirlarimiz,
Amr etubdurmu bizgʻa Qurʼon toʻy.
Mundayin ishlar sharʼimizda yoʻq
Kori maʼjus, kori shayton toʻy.
Ishlamas shunday aqllik kishi
Yoʻlamas aslo ahli vijdon toʻy.
Oʻtsa toʻy birla yozu qishimiz,
Aylagay bizni yergʻa yakson toʻy
Kelingiz doʻstlar, din qarindoshlar,
Tashlasun boʻlsa gar musulmon toʻy.

“Sadoyi Turkiston” 1915-yil, 64-son. 20-mart, 2-bet.