Get Mystery Box with random crypto!

Hozir Kavsar suvini jildirashini eshitmoqchimisiz? Imom Dor | Salom dugona 🕊 | RASMIY

Hozir Kavsar suvini jildirashini eshitmoqchimisiz?

Imom Dorimiy Oisha roziyallohu anhodan rivoyat qilgan hadisda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Alloh taolo menga Kavsar deb atalgan daryoni ato etdi. Ummatimdan qaysi biri oʻsha Kavsarning jildiragan tovushini eshitishni xohlasa, albatta eshitadi», dedilar. Men: «Qanday qilib?» deb soʻradim. U zot: «Ikki barmogʻingni quloqlaring ichiga tiqib, uni yopib ol. Qulogʻingga eshitilgan narsa Kavsarning jildiragan tovushidandir», dedilar.

Qarang, bizning tushkunlik koʻp tarqalgan, tinmay qayerdan halovat topay deya turli xil davo vositalariga murojaat qilib yurgan ushbu davrimizda bu sunnatga amal qilishga naqadar muhtojmiz...

Keling koʻzlarimizni yumaylik, quloqlarimizni Rasulimiz sollallohu alayhi vasallam oʻrgatganlaridek yopaylik va... Va Kavsarning jildiragan tovushini eshitaylik
.

Baxtixon Sharipova


𝑺𝒂𝒍𝒐𝒎 𝒅𝒖𝒈𝒐𝒏𝒂