Get Mystery Box with random crypto!

QIZ TUGʻISH AYB EMAS. Bir shodon, bir quvnoq boʻlasan, Boshin | 🦋S A K I N A T(ة)🕊

QIZ TUGʻISH AYB EMAS.

Bir shodon, bir quvnoq boʻlasan,
Boshingda ne boʻlsa koʻrasan,
Ne eksang oʻshani oʻrasan,
Qiz tugʻish ayb emas xotinga.

Sinmasin koʻngillar darchasi,
Farzanddir yurakning parchasi,
Baxtiyor qizlilar qanchasi,
Qiz tugʻish ayb emas xotinga.

Darmon boʻl, dardlarga yarab koʻr,
Ayoling koʻngliga qarab koʻr,
Tirnoqqa zorlardan soʻrab koʻr,
Qiz tugʻish ayb emas xotinga.

Mehribon, holingni soʻrgani,
Otam deb boshingda turgani,
Shukur qil Allohning bergani,
Qiz tugʻish ayb emas xotinga.

Har neki Allohdan atodir,
Qiz joni otaga fidodir,
Ayoldan ayb izlash xatodir,
Qiz tugʻish ayb emas xotinga.

Bandam deb Yaratgan suymasa,
Holingga bir nazar solmasa,
Netarding Allohim bermasa,
Qiz tugʻish ayb emas xotinga.

Ne eksang oʻshani oʻrarsan,
Boshingda borini koʻrarsan,
Uzatib yigʻlablar qolarsan
Qiz tugʻish ayb emas xotinga.

Xurshid Karim

@SaKiNaT_MS