Get Mystery Box with random crypto!

​​Luqmasida qattiq taqvo qiladiganidan bo'lsin deyman. Dugona | Toliba

​​Luqmasida qattiq taqvo qiladiganidan bo'lsin deyman.

Dugonam bilan tushlikka bordik. Taomni olishdan oldin "Go'shti qanaqa ekan?" - deb so'radi. Oshpaz "Halol, biz ham namoz o'qiymiz qizlar!" - dedi. Qarashi juda qo'rqinchli shu ayolning. O'tirdik. Birdan dugonam "Go'shtni qayerdan olisharkina? Yuring so'rab kelamiz" - dedi. "Kimdan so'raysiz? Bu yerda hech kim bilmaydiku" - dedim. "Haa" - deb qoldi. Birozdan keyin qarasam taomga qaraab o'tiribdi. Men:
- Nega yemayapsiz?
- Go'shtni so'ramadikda.
- Bu yerga xarom go'sht olib kelishmaydiku atayin.
- Bilib bo'lmaydida, bismillahni aytganmi yo'qmi.
- Mening falonchim namoz o'qimaydilar. Lekin jonliq so'yishdan oldin bismillahni aytadilar, - tirishgan yuzlarni ko'rdim. Keyin:
- Ochsiz, mayli go'shtini qoldiring, - dedim.
- Yo'q mayli.
- Axir o'zingiz ham bozorni go'shtini yeysizku?
- Yo'q-da. Dadam uyda go'sht tugasa jonliq so'yadilar. Yoki o'zimizni qarindoshlarimizdan olamiz, - jim bo'lib qoldim. Keyin:
- Men esa uyga kelgan go'shtni dadamlarning halol pullariga kelgan deb yeyaverar ekanman. Bismillahni aytganmi yo'qmi demasdan. Agar siz shunday bo'lsangiz sizdan tug'iladigan farzandlar qanday bo'lar ekan ajabo?! - Ishtaham bo'g'ildi. Keta qoldik.

Balki taom uvol bo'lgandir. O'zimni luqmamda juda e'tiborliman derkanman. Lekin mendan ham e'tiborlilar bor ekan. Ulardan ham e'tiborlilar bordir. Unda mening darajam qayer? Mantiyami?

@sahifadina