Get Mystery Box with random crypto!

​​​​ Barvaqt uyg‘onish umrni uzaytiradi Zamonaviy ilm-fann | Safar satrlari...📝🖇

​​​​ Barvaqt uyg‘onish umrni uzaytiradi

Zamonaviy ilm-fanning tasdiqlashicha, quyosh chiqishidan oldin barvaqt uyg‘onish umrni uzaytiradi, hujayralar faoliyatini jonlantiradi, inson aql-idrokini yaxshilaydi. Olimlarning ta’kidlashicha, kechasi soat 22 dan tonggi 04 gacha olti soat uxlash kunduzgi 12 soat uyquga teng keladi.

Subhanalloh!
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bomdod namozi uchun barvaqt uyg‘onishga buyurganlar. Alloh taolo tungi uyquning ahamiyatli ekani hamda rohatbahsh va namunali uyquga vosita ekani, tungi uyqu inson uchun go‘yo libos bo‘lib, uni nafs va tanadagi muammolardan himoyalovchi ekaniga ishora qilgan:

«U Zot – sizlar uchun kechani bir libos, uyquni esa bir orom qilib qo‘ygan, kunduzni esa (sizlar uchun) qayta tirilish qilgan Zotdir» (Furqon surasi, 47 oyat).