Get Mystery Box with random crypto!

Qanday muhabbatni orzu qilasiz? Biz doim, qarshimizdagi inso | ˢᵃᵇʳⁱʸᵃᵐ 🕊

Qanday muhabbatni orzu qilasiz?

Biz doim, qarshimizdagi inson bizni, bizdan ko’proq sevishini xohlaymiz to’g’rimi? Hech bo’lmaganda tuyg’ularimiz “взаимно” bo’lishini xohlaymiz. Bizdek sevsin, biz bergan mehrni bizga ham bersin.
Bir gapni hech qachon unutmang!
Insonlardan kutgan mehringizni ololmaysiz. Ular sizga qancha mehr bersa ham kamdek tuyilaveradi yoki umuman o’sha mehrni bermaydi ham.
Siz orzu qilgan muhabbat faqat Alloh bilan o’rtangizda bo’ladi. Ishonmasangiz bir sanab chiqing, “men qanday ishqni orzu qilaman, meni sevgan va men sevgan qanday bo’lishi kerak?” deb. Hammamizniki har xil bo’lib chiqsa ham, shu hammasiga faqatgina Allohni bizga bo’lgan mehri 100% javob beradi.
Shuning uchun qullarni deb o’zingizni o’qqa-cho’qqa urmang. Sizni mukammal sevuchi Alloh tomon qadam tashlang. Siz ham unga o’z mehringizni ko’rsating.
Qaysi inson sizni qayta-qayta kechiraveradi, kutaveradi, isyon qilib qarshi chiqsangiz ham sizdan yordamini ayamaydi, siz uzoqlashsangiz ham sizga sodiq qolaveradi? Kim sizni yolg’oningizga-yu, buzgan va’dalaringizga sabr qiladi?
Ota-ona deysizmi?
Eslang, siz ularga shu ishlarni qilsangiz sizdan hech bo’lmaganda norozi bo’lishadi, tanbeh berishadi, urishishadi. Ba’zilar voz kechadi, oq qiladi. Ota-onalar har xil. Lekin Alloh, hamma uchun birdek turuvchi Zot. Sizni doim bir xilda sevadigan, qaytishingizni intizor bo’lib kutadigan Zot.
Bilaman, qalbingizda Allohga nisbatan muhabbat cheksiz. Doim ham buni unga isbotlay olmaymiz. Lekin Alloh, Shakuur
bandasini ozgina amaliga ham shukur qiluvchi Zot. Siz harakat qilavering, Robbingiz sizni oyog’ingizdagi tikan izlaridan harakatingizni ko’rib oladi.