Get Mystery Box with random crypto!

Kimnidir sog'inib yolg'iz qolganingda,  Seni sevganlarim yodin | Asragin meni ❤️‍🩹

Kimnidir sog'inib yolg'iz qolganingda, 
Seni sevganlarim yodinga tushsin. 
Qismating oldida ojiz qolganda, 
Meni kuyganlarim yodinga tushsin. 

Sendan baxtlar yuzin bursa yig'lama, 
Yuraging alamga to'lsa yig'lama. 
Hayotdan umiding so'nsa yig'lama, 
Meni aytganlarim yodinga tushsin. 

Suyganing yuz burib vafo qilmasa, 
Bitta shirin so'zin ravo ko'rmasa. 
Va'dalar bersa-yu, ammo kelmasa, 
Meni kutganlarim yodinga tushsin. 

Mahliyo askaraliyeva