Get Mystery Box with random crypto!

O‘zbekiston musulmonlari idorasi tasarrufidagi o'rta maxsus Is | SABOQ TA'LIM

O‘zbekiston musulmonlari idorasi tasarrufidagi o'rta maxsus Islom ta'lim muassasalariga kirish test sinovlari

O‘zbekiston musulmonlar idorasi tasarrufidagi o'rta maxsus Islom ta'lim muassasalari o‘qishga qabul qilish bo‘yicha test sinovlari 2022-yil 23-avgust kuni 07:00 da boshlanadi.

Test sinovlari respublika bo‘yicha quyidagi ochiq maydonlarda o‘tkaziladi:

Qoraqalpog‘siton Respublikasi – Nukus olimpiya kolleji 1-sektor;

Andijon viloyati – Sportning o‘yin turlari va yengil atletikaga ixtisoslashtirilgan bolalar-o‘smirlar sport maktabi stadioni (1-sektor);

Namangan viloyati – Barkamol avlod sport majmuasi stadioni (1-sektor);

Buxoro viloyati – Umid sport majmuasi (1-sektor);

Xorazm viloyati – Futbol akademiyasi qoshidagi “Xorazm” sport majmuasi (1-sektor);

Surxondaryo viloyati – Termiz Alpomish o‘yingohi (1-sektor);

Qashqadaryo viloyati – “Nasaf” futbol klubi mashg‘ulotlar maydoni (1-sektor);

Toshkent shahri – Botanika bog‘i (1-2-3-4-sektorlar).

Abiturientlardan test sinovi o‘tkaziladigan hududga shaxsini tasdiqlovchi hujjat va test sinovida ishtirok etish uchun ruxsatnoma bilan kelishlari so‘raladi.

Abiturientlarning test sinovida ishtirok etish uchun ruxsatnomani olish bo'yicha qo'shimcha ma'lumot beriladi.

@SaboqTalim
@SaboqTalimgroup