Get Mystery Box with random crypto!

#Qariya

Telegram kanalining logotibi sababchi_xolos — #Qariya Q
Telegram kanalining logotibi sababchi_xolos — #Qariya
Kanal manzili: @sababchi_xolos
Toifalar: Kattalashtirilmagan
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 36
Kanalning ta’rifi

Postlar foydali bo'lsa ota-onam va meni haqqimga duo qilib qo'ying.
Aloqa uchun : @qariya_eshitadi_bot

Ratings & Reviews

3.33

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

0

3 stars

1

2 stars

1

1 stars

0


Oxirgi xabar

2023-03-13 03:29:43 Odamlar nima deydi - tanganing ikkinchi tomoni

Odamlar nima deydi - bu mavzu o'zbek sigmentida ancha ko'tarilib, hozir tushishga ham ulgurayotgan mavzulardan. Odamlar nima deydi deganda ko'pchilik o'zlarini odamlar gap so'zlarini halol, pok, foydali ish qilishyapti-yu lekin odamlar ularni gapiraverib mazlum bo'lib qolgan tutishni boshladi, va endi men kuchli bo'lishim kerak odamlar nima desa desin men xohlagan narsamni qilishim kerak deyishni boshladi. Ayniqsa, endi o'sib kelayotgan yosh avlod uchun bu jumlalar ularning isyonlarini oqlovchi sitatadek bo'ldi.

Agar chindan ham bir halol ish bilan shug'ullanasan, ilm yo'lidasan yoki ishingni ustasi bo'lib ummatga foydang tegishi uchun yoki eng kamida oilanga halol rizq olib kirish uchun harakat qilayotgan bo'lsang-ku mayli. Lekin diskotega borayotganingda, sigaret chekayotganingda, bir nopok ish bilan shug'lanayotganingda odamlar nima desa desin desang sen bu gapni mantig'ini tushunmapsan, birodar.

Har ikkala holatdagi muammoga aniq yechim bera oladigan bitta savol bor - Alloh nima deydi. Bu savol har ikkala holatdagi insonlarga ham kompas bo'la oladi inshaalloh, faqat savolni chin qalbdan his qilib berish lozim. Sen birinchi holatdasan va odamlar seni ustingdan kulishyaptimi, choyxonaga chiqmay qo'yding deyishyaptimi, parvo qilma, Alloh nima deydi, ularni gaplari senga vaqtingni isrof qilmaslikka, halollikka va oxir-oqibat Robbingni roziligiga erishishda ko'mak beradimi yoki zarar shu haqida o'yla.

Ikkinchi holatda tungi klub ketayapsan bir do'sting borma nima qilasan umring isrof qilima dedi, uniyam gapiga parvo qilma yana o'sha savolni ber Alloh nima deydi, do'stingni gapi Robbingni roziligiga olib borsa unda e'tibor bersang bo'ladi.

Alloh nima deganini bilish uchun senga ilm kerak birodar, mana kitob o'qish, ustoz topish nima uchun muhim. Senga boshlanishiga ushbu akademiyani tavsiya qilaman, o'zbek tilida, tekin, online, ishonchli, taqiqlangan manbalardan holi. O'zing ham tekshirib ko'r yana ishonch hosil qilish uchun.

Xullas, tushunding deb o'ylayman)

@sababchi_xolos - foydali bo'lsa duo qilib qo'yarsan)
13 viewsedited  00:29
Ochish/sharhlash
2023-03-13 02:48:28 Scorpion

Yoshligimdan eng sevimli seriallarim 2 ta edi: 1- Mentalist (bosh qaharamon Patrick Jane); 2-Scorpion (bosh qahramon Walter O'brain). Ular meni ko'mirlarim emas, bilasanku bizni ko'mirlar kim ekanliklarini tog'rimi?!

Xullas, jigar saniyam vaqtingni olmay. Scorpion haqida. Walter O'brain 13 yoshida NASA'ning saytiga buzib kiradi, federallar uni topishadi va yoshidan hayratda qolishadi, IQ'si 197. Daholar jamoasini tuzadi oddiy insonlar qiynalib hal qiladigan yoki katta ehtimol bilan ular hal qilgan vaqtda va sifatda hal qilolmaydigan mahalliy va xalqaro muhimlik darajasidagi muammolarni hal qilishadi.

Jamoa real hayotda bor, shuning uchun ham bu serialni ko'raman, lekin kinoda baribir bo'rttirshgan nazarimda. Har safar ular muammolarni hal qilganlarini ko'rganimda biz real hayotda Vatanimizni himoya qilish, ummatimizni rivojlantirish uchun shunaqa jamoa kerakligini his qilaman.

Ular hal qilayotgan muammolar ertakdagi emas, biz bilan yonma-yon muammolardir. Ular har xil sohadagi muammolarni hal qilishayotganda ummatning bu sohadagi mutaxassislarining ahvoli qanaqa deb beixtiyor solishtiraman va afsusuki...

Bir safar Xitoy AQSHning suv ostidagi serverlarini buzib kirganda rosa qo'rqanman. AQSHning suv sathidan ancha pastda joylashgan tizimini buzib kirishgan ekan, bizga kiber xavfsizlik tizimida kuchli mutaxxassislar o'ta zarurligini o'ylab qo'rqqanman.

Xullas birodar, youtube, instagramda "ongsiz" iste'molchi bo'lishdan muhimroq ishlar bor. Bizga har sohada yetuk mutaxasislar kerak, balki o'sha sendirsan.

P.S : Serialdagi qadriyatlarga (sevgi, Chrismast, behayo sahnalar va shu kabilarga) mutlaqo qarshiman, sen ularni o'tqazib bilim va kerakli xulosalarni olishinga ishonaman. Ha aytganchi bu post serialni ko'rishga chaqiruv emas, sen vaqtingni ketgazma men sen uchun undagi xulosalarni aytdim, Vaqtingni asra)

@sababchi_xolos - foydali bo'lsa duo qilib qo'yarsan)
13 viewsedited  23:48
Ochish/sharhlash
2023-03-13 02:19:02 Eng zo'rlar (2-qism)

Ikkinchi holatda kimdir yoshlik davrida kuchli bosim, unga bo’lgan ishonchsizlik (ota-onasi, qarindoshlar, sinfoshlar va hokazo) yoki moliyaviy qiyinchilik ostida ulg’aygan bo’lsa, u endi qasos olish uchun, kimgadir nimanidir isbotlash uchun juda qattiq harakat qiladi bu missiya uning hayoti mazmuniga aylanadi, qalbidagi kemtikni shu yo'l bilan to'ldirishga uriniadi. (Misol uchun, Elon Musk, ishidan tashqari shaxsiy hayoti juda aynchli ahvolda, oxirati ham no'malum, nima uchun buncha harakat qilyapti o'zi, xuddi yoshligidagi bezorilarga nimanidir isbotlash uchun intilayotgan yosh bolaga o'xshaydi. Bilimini hurmat qilaman lekin, nima bo'lganda ham.)

Birinchi holatdagi Ibn Sino bobomizni holatlar har ikki dunyoda ham havas qilsa arzirli bo'lgan inshaalloh. Elon Musk dunyoda zo'r muvaffaqqiyatlidir (faqat ishida) lekin oxiratga foyda keltirmasa bu dunyodagi buncha muvaffaqqiyatdan qanday ma'no bor.

Biz kimgadir ko’rsatib qo’yish uchun emas, Robbimizni roziligi uchun haraktdamiz esingda-a? Amallar niyatga bog’liq unutma! Va hammasi Allohdanligini ham unutma kimdir Alloh nasib qilgan bo’lsagina bu sabablar ishlaydi.

P.S: Baribir ichimdagilarni to'liq tushuntira olmadim, uzr. Muhimi sen tushunding degan umiddaman.

@sababchi_xolos - foydali bo'lsa duo qilib qo'yarsan)
13 viewsedited  23:19
Ochish/sharhlash
2023-03-13 02:10:54 Eng zo'rlar (1-qism)

Biror sohada topga chiqqanlarga qarab shuni tushundimki ular shunchaki harakat qiladigan insonlar turiga kirmaydi. O’z sohasining eng qudratlisi bo’lgan jinoyatchi ham shunchaki oddiy inson emas, injener, dasturchi va shifokor ham.

Ularni kuzata turib ulardagi bir umumiylikni payqadim. Ularga turtki bergan motiv ulardagi umumiy va eng kuchli tomonlari ekan degan fikrga keldim. Bu motiv asosan ikki xil bo’ladi: birinchisi Alloh uchun, unig roziligi uchun bo’lsa, ikkinchi dunyoga aloqador ya’ni dunyoda ko’proq mol dunyo va obro’ga erishish, kimgadir ko’rsatib qo’yish, kimdandir qasos olish va hokazo. Shu motivlar insonni harakatga keltiruvchi asosiy motivlar manimcha.

Birinchi motivda Robisining roziligi uchun harakat qilayotgan tolibi ilm, olim, shifokor kasbining yetuklaridan bo’lsa va ummat rivojiga hissa qo’shsa Robbisidan keladigan ikki dunyodagi ajr-u savoblar(Uning roziligi) uchun harkat qiladi, qiyinchiliklarga chidaydi(Ibn Sino to'plagan ilmlarni haliyam hozirgi tabobat o'rganib tugata olgani yo'q).

@sababchi_xolos
12 viewsedited  23:10
Ochish/sharhlash
2023-03-11 20:32:45 #kayfiyat
IELTS kandidatlardan yoqtirgan raqamini so'rasangiz butunlik sonlar (6,5; 7,5; 8,5) aytishsa normal qabul qilavering.)
17 viewsedited  17:32
Ochish/sharhlash
2023-03-08 23:38:13
#tavsiya
Oxirigacha ko’ring)
28 views20:38
Ochish/sharhlash
2023-03-05 16:48:32 Mohiyat nima va uni hayotimizdagi o'rni qanaqa?
35 views13:48
Ochish/sharhlash
2023-03-05 06:17:04 Nima farqing bor?

-Men PUBG o'ynamayman, televizor ko'rmayman.
-Zo'r-ku ularni o'rniga kitob o'qib, online kurlarda o'z ustingda ishlasang kerak-a?
-Yo'q ko'proq uxlayman
-Unda PUBG o'ynaydigan do'stlaringdan nima farqing bor?
-Tog'ri aytasan PUBG o'ynashni boshlasammikan-a?
-

Agar universitetga kirsang-u universitetga kirmagan do'stlaringdan dunyoqarashing, fikrlaring yaxshilanmagan bo'lsa unda ulardan nima farqing bor?

Kitob o'qisang-u undan xulosa chiqarmasang va undagi bilimlarni hayotinga tadbiq qilmasang, kitob o'qimaydiganlardan nima farqing bor?

Va hokazo...

Yaxshilab o'ylab ko'r!
34 views03:17
Ochish/sharhlash
2023-03-04 21:49:34 Ajib xabar

- Menda bir ajib xabar bor!
- Xo'sh-xo'sh?
- Xabarni ajibligi shundaki u aytilgan odamiga qarab yoki xursand yoki hafa qilishi mumkin
-Qiziqtirib qo'yding-ku, aytchi endi cho'zmasdan
- Hammasi o'tib ketadi.
- Nima, bu qanaqa xabar bo'ldi, nima deyapsan o'zi?
- Hozir tushuntiraman.

Hammasi o'tib ketadi ya'ni sen hozir Robbing qaytargan gunoh, harom ishlarda, (buzuq) nafsing istaklarida bardavom bo'lyapsanmi, bilginki gunohlardan kelgan lazzatlar hammasi o'tib ketadi, sen bilan ularning asari qoladi, tavba qilmasang ahvoling o'g'ir. Ikkinchi holatda agar sen Robbing buyurganidek halol, pok bir hayotni kechiryapsan, ibodatlarda bardavomsan, lekin qiyin bo'lyaptimi unda o'ylama birodar hammasi o'tib ketadi, qilingan solih amallarning qiyinchiligi ketib, ajr-u savobi qoladi inshaalloh.

Endi aytchi do'stim bu xabar seni xursand qilib ko'nglinga taskin berdimi yoki o'ylantirib qo'ydimi? Nima bo'lganda ham, tirik ekanmiz har doim Allohga tomon qaytish imkoni bizda bor, unutmagin.

@sababchi_xolos
32 viewsedited  18:49
Ochish/sharhlash
2023-03-01 21:40:28
Агар сиз ҳаромга эришиш осон замонда яшаётган бўлсангиз билингки, Аллоҳдан қўрққанга жуда катта савоб бериладиган замонда ҳам яшайсиз.

Айман Ёғий

@MubashshirAhmad
35 views18:40
Ochish/sharhlash