Get Mystery Box with random crypto!

#points Hamamiz bilamizki hozirgi vaqtda nikohdan oldin qiz va | Sakinat🤍

#points
Hamamiz bilamizki hozirgi vaqtda nikohdan oldin qiz va o’g’il bola o’rtasida sevgi,hech bo’lmaganda yozishmalar bo’ladigan zamonda,jamiyatda yashayapmiz afsuski:( Hattoki namoz o’qiydigan yoshlar orasida ham bu holat kuzatilyapti)Mening fikrimcha buning asosiy sababi Allohdan qo’rqmaslik!Jazosi qandayligini tasavvur qilolmaslik… Ota-onamiz sezib qolishidan qo’rqyamizu Alloh ko’rib turganini faxmlamaypmiz faxmimiz yetmayapti…..Yoshlar bu qanday gunohligini tushinib yetmayapti afsuski…Oddiy nomaxram bilan “CHAT”lar zino ekanligini,gunoh ekanligini tushunmayapmiz bilsakda shaytoning vas-vasasiga uchyapmiz….Xarom munosabatlarning yakuni hech qachon baxt bilan tugamaydi!Fikrimcha sevishganlar orasida bo’ladigan urush-janjal,ayriliqlarning sababini ham bu munosabat xaromligida deb hisoblayman)5-10 yillar xarom munosabatda bo’lib ayrlib ketganlar qancha…Har bir ishimizning javobi bor….Zino insonning ruhiy tinchligini yo’qotadigan razolatdir!Zino qalbga g’ulg’ula soladi,odob-ahloqni yo’qotadi… Hatto namoxram bilan Qur’on o’rgatish maqsadida munosabat qilish ham taqiqlganini bilib tursakda nomaxram bilan munosabtda bo’lamiz..sinfdosh,kursdosh,hamkasblar bilan do’stdek munosabtda bo’lamiz:(

Gunohsiz inson yo’q eng muhimi tavba qilish va qayta takrorlamaslik deb o’ylayman,o’ylab ko’raylik balkim hozir tavba qilishning ayni vaqtidir…..!

Bu mavzuni yana anchaa davom etirishim mumkin lekin “Isro” surasi 32-oyat bilan tugatmoqchiman:
“VA ZINOGA YAQINLASHMANGLAR.ALBATTA, U FOHISHA ISH VA YOMON YO’lDIR”

@saaakinaat