Get Mystery Box with random crypto!

Boyagi ayol vannadan chiqayotganida, favvoradek quyilib turgan | Hikoyalar kanali🍃

Boyagi ayol vannadan chiqayotganida, favvoradek quyilib turgan qon, polga tushib, hatto direktor yonigacha yetib borgan edi... Tagi ko'lmakka aylangan direktor amallab, sirg'ana-sirg'ana o'rnidan turar ekan, boyagi ayolga amallab yana bir bor nigohini qaratdi...



-- Hoy kimsan !? Bu yerda nima qilyabsan ?? Aaarvoohmisaan yoo..?-- ohirgi savolini bazor berar ekan, dami ichiga tushib, peshonasidan marjondek muzdek ter chiqib ketdi...



Ayol hech narsani eshitmagandek, etibor bermay olg'a ildamlar ekan, ust boshidagi qon sira to'htay demasdi... Sochlari ho'l bo'lgani uchun to'rt tutam bo'lib qolgan, har biridan chakillab ust kiymiga, undan esa polga qon tomib turardi... Yirtiq yamoq kiymidan qizargan, ko'kargan yaralar ko'rinib turar, ko'zi endi ochgan paytida oppoq bo'lgan bo'lsa, hozir faqat o'rtasing ozroq joyi qip qizil bo'lib turar, qolgan joyi oq. O'sha qizil joyidan ham oq joyiga oz ozdan qon oqib turardi... Yuzi oq, ko'k aralash rangda, chandiqqa o'xshash chuqur izlari bor bo'lib, ulardan ham qon sizib turar edi...



-- To'hta ..!!! -- direktor qo'lini oldinga cho'zib, ortga tisarilaman deb, sirga'alib ketdi.-- kimsan dedim senga...



Ayol to'htab, boshini bir oz chap tarafga egdi-da jinni odamga qaragandek qarab Qax qax otib kulib yubordi... Kulushlari shunchalik beo'xshov ediki tasavvurga sig'dirish qiyin... Og'zi kattaligidan o'ttiz ikkita qurtlab ketgan tishining hammasi ko'rinib ketdi... Og'zini katta katta ochib, baland ovozda kulganidan, ikki chekkasi yirtilib qon sizib chiqdi... Qon sizib chiqqanini bilib, uzun, uchi uchli bo'lgan tili bilan labi atrofini aylantirib yalab qo'ydi...



-- Yo Alloh. Bu qanday sir sinoat bo'ldi... -- deb qaltiroq bosgan qo'llari bilab, direktor peshonasidagi terni artar ekan, chalama chatti bo'lsa ham kalima qaytara boshladi...



Ko'zlarini yumib kalima qaytarar ekan, qo'rquv ichra ularni ochdi va ko'zi ko'rib turgan manzaradan hushini yo'qotay dedi...



Doktor bemor yuragining asosiy qon tomiri bexosdan kesib yuborildi... Ko'p qon ketyabdi endi nima qilamiz... Doktor nimadir qilishimiz kerak... Bemor halok bo'lyabdi... Difibilyatorni tayyorlang... Quvvatni yuzga to'g'irlang... İkki yuz... İkkiyuzi ellik... O'lim vaqti 1998-yil 19-iyul, soat 00:45...




Direktorning ko'z o'ngida o'zining ilk operatsiyasi gavdalanayotgan edi... O'shanda sevgan qizi bilan uchrashuviga shoshilgani sababli, ehtiyotsizlik qilib, yurakning eng muhum tomirini kesib yuborgandi... Ko'p qon ketganligi sababli yosh bemor bu olamdan bevaqt ko'z yumgandi... Ehtiyotsizligi tufayli bemor oilasini og'zini katta so'mma bilan yopib ishni bosti bosti qilib yuborgandi...

14- qism...