Get Mystery Box with random crypto!

* * * Mening qismatim ne, sening koʻzing ne, Gullar ifori ne, | Ruhiyat Radiosi Chat lar uchun

* * *

Mening qismatim ne, sening koʻzing ne,
Gullar ifori ne, sening soʻzing ne.
Men seni hech qachon sevmaganman de,
Soʻngra...
Soʻngra hammasiga koʻnganlarim koʻr!

Yursang izlaringni oʻpgan gard boʻlib,
Oʻsha davosi yoʻq, shirin dard boʻlib,
Ne-ne sogʻinchlarni yenggan mard boʻlib,
Gah desang kaftinga qoʻnganlarim koʻr!

Ketsang, koʻz ichida koʻzing qoʻmsasam,
Jonimni sim qilgan sozing qoʻmsasam.
Sening rosting emas, yolgʻoning qasam,
Qadrin bilmas gado boʻlganlarim koʻr!

Shamol titkilasa kullarni sochib,
Soʻng uchqun tashlasa koʻnglimni ochib,
Olovga aylanib, olovdan qochib,
Gulxandek gurillab yonganlarim koʻr!

Zorim, qaylardadir mensiz ham hushsan!
Orzu choʻqqisiga in qurgan qushsan.
Izlab kelsang bir kun yodinga tushsam,
Sen ketgan kuniyoq oʻlganlarim koʻr!

24.02. 2018.

Malika Tavfiq